BozorlikAqlli bozorlik ro‘yxati

To‘rt bo‘limbitta ilova

Ro‘yxatlar, taomlar, AI kaloriya va kunlik reja — hammasi bir joyda.

Har xarid —alohida ro‘yxat

Haftalik bozor, bayram dasturxoni yoki dacha uchun alohida ro‘yxat tuzing. Hammasi “Ro‘yxatlarim” bo‘limida, har birida qancha olinganini ko‘rib turasiz.

200+ mahsulottayyor katalogda

Mahsulotlar toifalarga ajratilgan. Bir bosishda ro‘yxatga qo‘shing — sevimlilar va tez-tez oladiganlaringiz doim qo‘l ostida.

Aytingro‘yxat o‘zi tuziladi

Mahsulot nomlarini ovoz bilan ayting — ilova ularni tanib, miqdori bilan ro‘yxatga yozib qo‘yadi.

Oila bilanreal vaqtda

Har kimo‘z rolida

Kim faqat ko‘radi, kim mahsulot qo‘shadi, kim sotib oladi — o‘zingiz belgilaysiz. Nima olingani va qancha sarflangani ro‘yxatda darhol ko‘rinadi.

Yaqindanbitta ro‘yxat ichida

  1. Ulashish. Oila va do‘stlarni havola orqali taklif qiling.
  2. Jami va jarayon. Nechta olindi va taxminan qancha pul ketadi.
  3. Narx va miqdor. Har bir mahsulot uchun alohida.
  4. Jonli kuzatuv. Kim nimani sotib olgani darhol ko‘rinadi.
  5. Uch xil qo‘shish. Katalogdan, qo‘lda yoki ovoz bilan.

Bir marta tuzing —qayta ishlating

Ko‘p takrorlanadigan xaridni shablon qilib saqlang, ro‘yxatga eslatma qo‘ying, eski ro‘yxatni tarixdan bir bosishda qaytaring.

Telegramda yozingilovada oching

@uzbozorlikbot orqali tuzilgan ro‘yxat ilovada avtomatik paydo bo‘ladi. Ko‘p ishlatiladigan ro‘yxatni shablon qiling, xarid vaqtiga eslatma qo‘ying.

Bugun nima pishiramiz?

Taomni tanlang — masalliqlari ro‘yxatga o‘zi tushadi. Qaror qilolmasangiz, “Tasodifiy taom” tanlab beradi.

Yozing yokirasmga oling

Yemoqchi bo‘lgan taomingizni yozing yoki rasmga olib yuboring — AI taomni aniqlaydi, kaloriyasi, oqsil, yog‘ va uglevodini hisoblab, kunlik hisobingizga qo‘shadi.

Harakatni yozing —sarfi hisoblanadi

Yurish, yugurish, sport zali, futbol, velosiped — yoki o‘z so‘zingiz bilan: “Bir soat futbol o‘ynadim”. AI qancha kaloriya sarflaganingizni hisoblaydi. Suv rejimi ham shu yerda.

Kun tartibibir qarashda

Bugungi vazifalar va odatlarni rejalashtiring, bajarganlaringizni belgilab boring.

Besh bo‘limjonli ko‘rinishda

01

Keyingi bozorro‘yxat bilan

Bozorlik bepul. iPhone va Android uchun, o‘zbek va rus tillarida.

App Store QR kodiApp StoreGoogle Play QR kodiGoogle Play

Telefon kamerasi bilan skanerlang